19 okt 09:01
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night 262 turnirining bonus sohiblari elon qilindi
Kanadada o'tgan UFC Fight Night 262 turniri mukofot pullaridan biri mezbon jangchiga nasib etdi.
O'ta engil vazn toifasi vakili CHarlz Jurdeyn bugungi yorqin g'alabasi bilan vatandoshlarini xushnud etdi. U kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha 50 000 AQSH dollarilik bonusga ham ega chiqdi. 29 yoshli Jurden britaniyalik Deyvi Grantni birinchi raunddayoq bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratdi.
Oqshomning ikkinchi bonusi Kileng Aoriga nasib etdi. Xitoylik aralash yakkakurash ustasi 21 soniyadayoq amerikalik Kodi Gibsonga nasib qildi. Turniring "Eng yaxshi jang"i deb engil vazndagi Dryu Dober - Kayl Prepolek to'qnashuvi topildi. Unda amerikalik Dober uchinchi raundda raqibini texnik nokaut evaziga mag'lub etdi.
Havola :
Manba : Sherdog
Fikrlar