07 avg 08:28
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night on ESPN 40. Moldovalik jangchi raqibini nokautga uchratdi + FOTO
Ayni daqiqalarda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC oqshomi bo'lib o'tmoqda.
"YUEfSi Apeks" arenada o'tayotgan UFC Fight Night on ESPN 40 turniri doirasidagi qiziqarli janglarning birida og'ir vazn toifasi vakillari – braziliyalik 32 yoshli Agusto Sakai moldovalik 27 yoshli Sergey Spivakka qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jangning ikkinchi raundida Spivak tajribadi raqibini texnik nokautga uchratdi. Bu Sakai uchun MMA faoliyatidagi 21-jang bo'ldi. Bugun u beshinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobida 15 g'alaba va 1 durang bor. Agusto reytingning 14-pog'onasidan joy olgan. Sergey Spivak esa bugun 15-g'alabasini tantana qildi. Mag'lubiyatlari soni 3 taligicha qoldi.
Havola :
Manba : mmajunkie
Fikrlar