04 dek 12:17
Yangiliklar
UFC Fight Night turnirining bonus sohiblari malum
Musobaqa tashkilotchilari bugungi oqshomda boshqalardan ajralib turgan, yani bonusga loyiq jangchilarni elon qildi. To'rt nafar jangchi kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha 50 000 dollar miqdoridagi mukofot puliga ega bo'lishadi.
Oqshomning markaziy bahsi ishtirokchilari Stiven Tompson va Kevin Xolland o'rtasidagi to'qnashuv turnirning eng yaxshi jangi deb topildi. To'rtinchi va beshinchi raundlar oralig'ida to'xtatilgan jangda Tompson g'alaba qozongandi. Kevinning murabbiylari beshinchi raund start oldidan jangni davom ettirmaslikka qaror qilishgandi.
Superog'ir vazn toifasi vakili Sergey Pavlovich yorqin jang uchun 50 ming dollarga ega bo'ldi. Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi bugun reytingning to'rtinchi pog'onasida borayotgan avstraliyalik Tai Tuivasani birinchi raundning o'zidayoq texnik nokautga uchratgan edi.
SHuningdek, gruziyalik Roman Dolidze ham bonusga loyiq ko'rildi. U bugun Jek Xermanssonni texnik nokautga uchratdi.
Fikrlar