So’nggi yangiliklar

18:46Президент Шавкат Мирзиеёв Геннадий Головкин билан учрашди + ФОТО 0 16:02Пэдди Пимблеттнинг рафиқаси эрининг соғлиғи ҳақида маълумот берди 0 15:08Арман Царукян: "Мен Гэтжи, Топурия Махачев билан жанг қилади" 0 13:24Ўзбекистон терма жамоаси бугун Хитой билан ўйнайди 0 12:59UFC собиқ чемпиони Шон-шуҳрат залига киритилди 0 12:36Боксчиларимиз RCC Гран-присида қандай натижалар қайд этишди? 0 12:00Тошкентда Осиё Олимпия кенгашига янги президент сайланди 0 11:33Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг 2 нафар футболчиси мавсумни Тошкент клубида бошлайди 0 11:12"Юзингга қара, пасткаш". Гэтжи жангдан кейин Пимблеттга нима деганини айтди 0 10:40Порье Гэтжининг ғалабасига муносабат билдирди 0 10:18Умар Нурмагомедов: "Спарринг шерикларим Фигейредудан кўра қийинроқ бўлганди" 0 09:42Бернарду Силва "Барселона"га ўтмоқчи, аммо каталонияликлар иккиланишмоқда 0 09:15Пимблетт Гэтжи билан жангдаги ҳакамликка муносабат билдирди 0 08:39Australian Open. Даниил Медведев ўз юришини тўхтатди 0 08:12Жастин Гэтжининг UFC'да олган бонуслари миқдори 1 миллион доллардан ошди 0

21 okt 14:04
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC ikki haftagina o'z so'zida turdi

UFC rahbari Dana Uayt o'zi aytgan so'zdan ikki hafta o'tib, yana fikrini o'zgartirdi.

Uayt ikki hafta oldin jangchilarga o'z davlati bayrog'i va ramzlari bilan oktagonga chiqish uchun ruxsat bergandi. Ammo oradan hech qancha vaqt o'tmay, tashkilot UFC 294 turniri ishtirokchilari uchun ramzlar, xususan bayroqdan foydalanmaslikka norasmiy tarzda buyruq berdi. 

Bu haqda Buyuk Britaniya sharafini himoya qilib kelayotgan, asli dog'istonlik va bugun "Etihad Arena"da oktagonga ko'tariladigan Muhammad Mokaev xabar berdi.

"UFC 294 turnirida hech qanday bayroqlar bo'lmaydi", - deb yozgan Mokaev o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida.

SHuningdek, bu malumotni "Match TV" kanaliga bergan intervyusida rossiyalik Viktoriya Dudakovaning murabbiyi Gasanali Gasanaliev ham tasdiqlagan.

"Bizga bu safar bayroq bilan chiqmasligimizni aytishdi", - dedi rossiyalik mutaxassis.

Bir hafta avvalgi UFC turnirida Irina Alekseeva Rossiya, braziliyalik Mishel Pereyra esa kutilmaganda Isroil bayrog'i bilan oktagonga chiqqan edi. Pereyraning bu xatti-harakati Falastinga qayg'urayotganlar tomonidan jiddiy etirozlarga sabab bo'lgandi. 

Malumotlarga qaraganda, aynan braziliyalikning bu ishi UFC rahbarlarining bayroq masalasidagi erkinlikka qayta taqiq qo'yilishiga sabab bo'lgan. Bu cheklov faqat UFC 294 turniri uchun bo'ladimi yoki yo'q, hozircha bu malum emas.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing