07 okt 11:10
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC jangchisi 22 oyga qamaldi
Avstraliyalik og'ir vaznli UFC jangisi Benjamin Sosoli 22 oyga ozodlikdan mahrum etildi.
Sosoli o'zi qorovul bo'lib ishlaydigan Melburndagi barlarning birida mast holdagi insonni kaltaklagan. Voqea 2019 yilning sentyabr oyida bo'lib o'tgan. Jabrlanuvchi suyak sinishi jarohatlari bilan shifoxonaga joylashtirilgan. Sud hukmi bilan Sosoli 22 oyga ozodlikdan mahrum etildi.
Xabarda aytilishicha, u ushbu muddatning 11 oyini o'tab bo'lgan. Ben Sosoli UFC`dagi so'nggi jangini shu yilning 23 fevral kuni Markos Rojerioga qarshi o'tkazib, birinchi raundning o'zida nokaut bilan yutqazgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar