So’nggi yangiliklar

12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0 10:06Ислам Махачев: "Кейинги жангим менинг фаолиятимдаги сўнггиларидан бири бўлади" 0 09:35UFC Fight Night 292 турнирининг тарози натижалари, бир жангчи вазн қила олмади 0 08:54Бугун тўрт эркин курашчимиз жаҳон чемпионатида гиламга чиқади. Ғуломжон бронза йўлида курашади 0 08:13"Олтин тўп"-2026 учун овоз бериш натижалари эълон қилинди 0 07:42АCА 209: Саидёқуб Қаҳрамоновда мағлубият. Холмурод Нурматовчи? (Барча натижалар) 0 07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0

12 iyu 17:23
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC jangchisi AQSH va Eron mojarosi vaqtida raketalar hujumini qanday boshdan kechirganini esladi

Teglar :  Siril Gan
UFC jangchisi Siril Gan AQSH va Eron o'rtasidagi harbiy keskinlik davrida BAAda bo'lgan paytlarini esladi.

"Rojdestvodan keyin Abu-Dabiga ketgandim. U erda taxminan bir oy yig'in o'tkazamiz, deb o'ylagandim. Keyin oilam meni ko'rgani keldi, chunki ancha vaqtdan beri ko'rishmagan edik. Qizlar tatilda edilar va mashg'ulot yig'inim vaqtida Abu-Dabiga kelishdi. Bombardimonlar boshlangan kuni ertalab ularning uchib ketishga ulgurgani katta omad bo'ldi.

Qiziqqanimdan aviachiptalarni ko'ra boshladim va aynan shu payt eng yomon scenariy amalga oshishi mumkinligini angladim. Bu shanba kuni edi. Erta turib oilamni aeroportga kuzatdim va yana uxlashga qaytdim. Soat taxminan 11:00 yoki tush paytida uyg'ondim. Telefondan yangiliklarni o'qib, keyin ularni Fernan Lopesga ko'rsatdim.

Avvaliga bu holatga hazil bilan qaradim: “Biz katta yigitlarmiz, urushmaymiz”. Keyin esa eng yomon scenariy haqida o'ylay boshladik. Onlayn servislarda aviachiptalar narxlarini tekshirdim. Vaziyat dahshatli edi — o'sha kuni ham, keyingi kuni ham Dubaydan birorta bo'sh reys topilmadi. Urush boshlanganiga uch soat bo'lgandi, ammo dushanbagacha hech qanday parvoz qolmagan edi.

Biz turli odamlarga qo'ng'iroq qilib, vaziyatni surishtira boshladik. SHu payt balkonda turganimizda portlash ovozi eshitildi: “Bum!”. O'yladimki, bu orqamizda sodir bo'ldi. Xuddi tepamizda feyerverk portlagandek edi. Ayniqsa, biz Dubay markazidagi 53-qavatda turganimiz uchun bu yanada tasirli tuyuldi.

Biz chiqib keta olmasdik. Ha, haqiqatan ham qamalib qolganimizni tushunib etdik. Faqat bir haftadan keyin Parijga uchadigan reys topishga muvaffaq bo'ldik", — dedi Gan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing