19 jan 12:41
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC jangchisi kelishilgan bahslarda qatnashganlikda gumonlanmoqda
UFC jangchisi Jeff Molina kelishilgan janglarda ishtirok etganlikda gumonlandi va tashkilotdan chetlatildi.
Nevada shtati prokurori o'rinbosari Joel Bekkerning so'zlariga ko'ra, unga Jeff Molinaning qilgan ishlariga dalillar bor. Ushbu ishga uning murabbiyi Jeyms Krauze ham bog'langan.
Krauze oldin ham tashkilotda kelishilgan janglarga aralashganlikda ayblangandi.
Ayni paytda AQSHda UFC'dagi kelishilgan janglar bo'yicha ish olib borilmoqda.
Molina tergov yakuniga etmagunga qadar musobaqalardan chetlatiladi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar