So’nggi yangiliklar

20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0 14:04Дакарда бугун уч нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсларга қўшилади 0 13:46Самбо бўйича 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

19 jan 12:59
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC jangchisi Mahmud Murodov 1xBET elchisiga aylandi + FOTO

Teglar :  UFCMahmud Muradov
UFC chempionatining eng istiqbolli jangchilaridan biri - Mahmud Murodov 1xBET bukmekerlik kompaniyasining elchisiga aylandi.

SHartnoma shartlariga ko'ra, tashkilot o'zbek aralash jang sanati ustasi (MMA) bilan kamida 2022 yilgacha hamkorlikni amalga oshirish va kelajakda uni uzaytirish istiqbollari bilan hamkorlikni boshladi.

Malumot uchun, Murodov 2019 yilning kuzidan boshlab UFC promoushenida kurashadi. Hozirgacha MMAda 30 ta jangidan 24 tasi g'alaba bilan yakunlangan. Jumladan, 13 ta ketma-ket g'alabali seriyani o'z ichiga oladi. Murodovning jang olib borish uslubi afsonaviy bokschi Floyd Meyvezerni hayratda qoldirgan. Buning isboti o'laroq Floyd Mahmudni dunyodagi eng yaxshi MMA jangchisi deb atagan va u bilan do'stona aloqalarni o'rnatgan.

Xabar berganimizdek, 24 yanvar kuni o'zbek jangchisi oktagonga qaytadi. U Abu-Dabi shahridagi "Janglar oroli"da amerikalik Endryu Sanchezga qarshi jang o'tkazadi.

Murodov dunyoning etakchi MMA ligasida birinchi o'zbekistonlik hisoblanadi va shuning uchun ham uning chiqishlari butun mintaqamiz muxlislari tomonidan alohida etibor bilan kutib olinadi. 1xBET bukmekerlik kompaniyasi jangchiga yanada yuksaklikka erishish va butun dunyo bo'ylab yangi muxlislarni orttirishga yordam berishiga umid qiladi.

"Tomonlar o'rtasidagi kelishuv Mahmudning mashhurligini oshirish uchun mo'ljallangan turli xil qo'shma faoliyatni ham nazarda tutadi. Yaqin kelajakda Murodovning muxlislarini, jangchi ishtirokidagi qiziqarli tanlovlar va akciyalar kutmoqda", - deya qayd etdi 1xBET vakillari.

Kompaniya "Barselona" jamoasi kabi, Ispaniya La Ligasi va Italiyaning A seriyasi singari etakchi futbol klublari va ligalar bilan hamkorlik qilish bilan mashhur. Bundan tashqari, 1xBET elchilari orasida italiyalik futbolchi Andrea Pirlo, qozog'istonlik bokschi Beybut SHumenov kabi mashhur sportchilar bor.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing