04 noy 10:26
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC jangchisi Paulo Kosta boksga o'tishini malum qildi
O'rta vazn toifasida braziliyalik UFC jangchisi Paulo Kosta yaqin orada boksga o'tishini malum qildi.
"Mening UFC bilan achinarli shartnomam bir necha oydan so'ng tugaydi va shaharda yangi bokschi paydo bo'ladi", - deb yozadi Kosta ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Braziliyalik so'nggi jangini shu yilning sentyabr oyida UFC 278 turnirida Lyuk Rokxoldga qarshi o'tkazgan va ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgandi.
Paulo Kosta 2017 yilning mart oyida UFCʼda debyut qilgan. Kosta professional faoliyati davomida 16 ta jang o'tkazgan va ularning 14 tasida g'alaba qozonib, ikkitasida raqibiga mag'lub bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, Paulo Kostaning shartnoma bo'yicha so'nggi jangi 2023 yilning 11 fevral kuni Avstraliyada tashkil etiladigan UFC 284 turniri doirasida Robert Uittakerga qarshi o'tkaziladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar