06 noy 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC jangchisi shu yilning o'zida oltinchi marta hibsga olindi
UFC sobiq chempioni Bi Jey Penn 4 noyabr kuni Gavayida yana hibsga olindi.
Bu 2025 yilda uning oltinchi qo'lga olinishi hisoblanadi.
Sportchi jismoniy hujum qilishda ayblanmoqda — jabrlanuvchining takidlashicha, Penn uni "qo'l va oyoqlari bilan urgan". U ming dollarlik kafolat puli evaziga ozod etilgan.
Bungacha u onasining uyiga noqonuniy ravishda kirib borgani va oila azolariga nisbatan qo'pol munosabatda bo'lgani uchun ham hibsga olingan edi. Hatto u bir paytlar "onamni boshqa odam bilan almashtirishgan" degan davo ham qilgan.

Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar