25 iyu 09:01
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC jangchisi vazn tashlagandan so'ng kasalxonaga tushib qolgani haqida gapirdi
UFCda debyut qilgan Bassil Xafez jang oldidan bo'lgan vazn tashlash jarayoni haqida gapirdi.
U Jek Dell Maddalenaga qarshi jangni besh kun qolganda qabul qildi.
"Menda vazn tashlash jarayoni qiyin kechdi. Jangdan so'ng men kasalxonaga tushib qoldim. U erda boshimdagi jarohatlarni tekshirtirmoqchi edim, lekin ko'krak qismimda bo'lishi kerak bo'lmagan havolar topildi. Meni bir kecha shifokor nazorati ostida qoldirildi, yurak bilan muammo bo'lmasligi uchun.
Avval ham bunday muammo bo'lgandi. Vazn sabab deb o'ylayman. Kelasi safar tayyorgarlik uchun ko'proq vaqt olishni istardim. To'liq mashg'ulot lageri bilan men aniq g'alaba qozongan bo'lardim", - dedi Xafez.
Havola :
Manba : MMA Mania
Fikrlar