31 okt 09:17
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Mahmud Muradov o'rniga boshqa raqib topdi + FOTO
Xabar berganimizdek, bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC kechasi bo'lib o'tadi.
Ushbu turnirda hamyurtimiz Mahmud Muradov ham oktagonga ko'tarilishi kerak edi. Afsuski, unda koronavirus aniqlangani bois jangda ishtirok eta olmaydigan bo'ldi.
UFC uning o'rniga tezda raqib topdi. Endi ertaga Kevin Xolland CHarlz Ontiverosga qarshi oktagonga chiqadi. Bugun jangchilar tarozidan o'tish hamda ko'z urishtirish marosimlarida ishtirok etishdi. Kevin Xolland 185,5, CHarlz Ontiveros esa 182,5 funt tosh bosdi. CHarlzning MMAdagi rekordi - 11 g'alaba, 6 mag'lubiyat.
Kevin Xolland
CHarlz Ontiveros
Havola :
Fikrlar