23 jan 09:19
Yangiliklar

UFC. Mahmud Muradovning jangiga oid o'zgarish
Kechaning markaziy jangida Konor Makgregor Dastin Porega qarshi bahs olib boradi.
Ushbu jang oqshomida shuningdek hamyurtimiz Mahmud Muradov ham oktagonga ko'tariladi. Bahsda hamyurtimizga amerikalik Endryu Sanches raqiblik qiladi.
Avvaliga ushbu jang prelimda, yani taxminan soat 05:00 atrofida o'tkazilishi haqida malum qilingandi.
Olamsport.com malumotiga ko'ra, Mahmud Muradov ishtirokidagi jang asosiy kardga o'tkazilgan. Bu degani, sportchimiz ishtirokidagi jang kechroq boshlanadi. UFC rasmiy saytidagi malumotga ko'ra, Muradov asosiy kardning ikkinchi juftligi sifatida oktagonga ko'tariladi. Endi Mahmud ishtirokidagi jang taxminan 08:15 da boshlanadi.
UFC 257. Ikkitasi bittada: tarozi va face-to-face marosimi qanday o'tdi? (VIDEO)
Fikrlar