14 noy 19:12
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC malikalaridan biri Yana Kunickaya turmushga chiqmoqda + FOTO
Rossiyalik UFC jangchisi Yana Kunickaya braziliyalik UFC jangchisi Tiago Santos bilan nihoyat rasmiy oila qurmoqda.
Yana o'zining Instagram sahifasida unashtirilganini anglatuvchi surat qoldirdi. Kunickaya braziliyalik "boyfrendi" Tiago Santosga turmushga chiqmoqda. Santos mahbubasining qo'li va yuragini so'ragan.
Kunickaya surat ostiga "Missis Marreta" deya izoh yozib qo'ygan. Marreta — Santosning laqabi hisoblanadi.
Malumot uchun, Yana Kunickaya o'zining so'nggi jangini shu yilning 8 avgust kuni o'tkazgan va o'shanda latviyalik Yuliya Stolyarenkoni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatg uchratgan edi. Bu Kunickayaning MMAdagi 13-g'alabasi edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar