02 jan 11:25
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Masvidal – Kovington jangini tashkil etish ustida ishlamoqda
UFC prezidenti Dana Uaytning aytishicha, tashkilot Xorxe Masvidal va Kolbi Kovington o'rtasidagi jangni o'tkazmoqchi.
"Biz ushbu jang ustida ishlamoqdamiz. Bu bahsni barcha ko'rishni istaydi. Umid qilamanki, bu yil barchasini amalga oshiramiz.
2021 yilda bizni katta janglar kutib turibdi. Yaqin orada, barchasini tashkil etishga harakat qilamiz. Masvidal - Kovington jangi shular jumlasidandir", - dedi Uayt.
Avvalroq, Masvidal va Kovington fevral oyida jang qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar