01 sen 09:21
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Maxachevning UFC 254 turniridagi raqibini tasdiqladi, u sobiq chempion + POSTER
UFC matbuot xizmati rossiyalik Islam Maxachevning navbatdagi raqibini rasman tasdiqladi.
Dog'istonlik sportchi 24 oktyabr kuni UFC 254 turniri doirasida sobiq UFC chempioni Rafael dos Anosga qarshi oktagonga ko'tariladi. UFC 254 turnirining markaziy jangi Xabib Nurmagomedov va Jastin Getji o'rtasida bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, Islam Maxachev ayni paytda engil vazn toiasi reytingida 11-o'rinni egallab turibdi. So'nggi jangida Devi Ramosni mag'lubiyatga uchratgan. Islam UFC promoushenida 8 ta jang o'tkazib, shularning 7 tasida g'alaba qozongan. Dos Anos esa shu yilning yanvarida Maykl Kezaga yutqazib qo'ygandi. O'sha jang yarim o'rta vaznda o'tkazilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar