10 okt 11:46
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC: Nurmagomedov chempion bo'lib qoladimi? Xabib javob berdi!
UFC matbuot xizmati tashkilotning rasmiy Instagram sahifasida engil vazn chempioni Xabib Nurmagomedovning jangiga bag'ishlangan post qoldirdi.
Sahifada Xabibning yugurayotgan surati joylashtirilib, uning ostida savol qoldirilgan.
"CHempion "Janglar oroli"da o'z tojini saqlab qolarmikan? UFC 254", — deyiladi kichik xabarda.
Nurmagomedov ushbu savol ostida o'z javobini ham qoldirdi.
"Xudo xohlasa!", — deya javob berdi Xabib.
Eslatib o'tamiz, Nurmagomedov 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da Jastin Getjiga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Havola :
Fikrlar