30 mar 09:55
Yangiliklar

UFC on ESPN 64 turnirining bonus sohiblari elon qilindi
Bugungi turnirning eng yaxshi jangi aniqlanmadi. Tashkilotchilar o'tkazilgan 12 ta jangdan hech berini "Eng yaxshi jang" nomiga loyiq ko'rishmadi. Yaxshi ishtirok uchun Manuel Torres, Edgar CHayrez, Devid Martines va Ateba Gote kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha 50 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamiz, UFC on ESPN 64 turnirining asosiy jangida meksikalik sobiq chempion Brendon Moreno avstraliyalik raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi. Moreno jangdan keyin 13 sentyabr kuni Meksikaning Gvadalaxara shahrida o'tkaziladigan UFC 320 turnirida oktagonga chiqishga tayyorligini malum qildi. Ushbu turnir bugungi oqshom chog'ida rasman elon qilindi.
Fikrlar