10 avg 07:36
Yangiliklar

UFC on ESPN 72 turnirining asosiy jangi muddatidan oldin to'xtatildi
UFC on ESPN 72 turnirining asosiy jangi o'rta vazn toifasida gruziyalik Roman Dolidze hamda amerikalik Entoni Ernandes o'rtasida o'tkazildi. Jang to'rtinchi raundda tajribali referi Xerb Din tomonidan to'xtatildi. Ernandes raqibini bo'g'ib qo'ydi va sabmishen evaziga g'alaba qozondi.
Bu amerikalik aralash yakkakurash ustasi uchun faoliyatidagi 20-g'alaba bo'ldi. Hisobidagi mag'lubiyatlari soni 2 taligicha qoldi. Entoni 8 ta g'alabali seriya bilan kelmoqda. Dolidze esa bugun MMAdagi to'rtinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobida 15 ta g'alaba bor.
Darvoqe, kecha vazn o'lchash marosimida Ernandes belgilangan vazn meyorini bajara olmagandi. Endi u 227 gramm ortiqcha vazn uchun o'z gonorarining malum bir qismini Roman Dolidzega beradi.
Fikrlar