So’nggi yangiliklar

20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0

10 avg 07:57
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC on ESPN 72 turnirining barcha janglari natijasi bitta xabarda + FOTO

AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi "Apex Arena" UFC on ESPN 72 turniriga mezbonlik qildi.

Xabar berganimizdek, oqshomning asosiy jangi o'rta vazn toifasida o'tkazilib, unda amerikalik Entoni Ernandes gruziyalik Roman Dolidzeni to'rtinchi raundda sambishen, yani ortdan bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratdi. Bu amerikalik aralash yakkakurash ustasi uchun faoliyatidagi 20-g'alaba bo'ldi. 

Turnirning co-main event jangi o'ta engil vaznda o'tkazildi. Unda divizion reytingida o'ninchi o'rinni egallab turgan Stiv Erceg Ode Osbornga qarshi oktagonga chiqdi. Uch raund to'liq davom etgan jangda Stiv Erceg hakamlarning yakdil qarori (29-28, 29-28, 29-28) bilan g'alaba qozondi. Bu bilan Erceg o'zining uchta mag'lubiyatli seriyasiga barham berdi.  


UFC on ESPN 72 turnirining barcha natijalari

Entoni Ernandes Romana Dolidzeni bo'g'ish usuli bilan taslim etdi — (4-raund, 2:45).

Stiv Erceg Ode Osborndan ochkolar bo'yicha ustun keldi (29-28, 29-28, 29-28).

Yasmin Lusindo Anjela Xillni ochkolar bo'yicha engdi (30-27, 30-27, 29-28).

Andre Fili Kristian Rodrigesni hakamlarning ayri qarori bilan yutdi (29-28, 28-29, 30-27).

Jan Macumoto Mayls Jonsni mag'lubiyatga uchratdi (29-28, 28-29, 29-28).

Kristian Leroy Dankan Erik Andersni 1-raundda texnik nokautga uchratdi (1-raund, 3:53).

Julius Uoker Raffael Serkeyrani ochkolar hisobi bo'yicha mag'lub etdi (30-27, 30-27, 30-26).

Elayj Smit 1-raundda Tosiomi Kadzamani nokaut qildi (1-raund, 4:10).

Joselin Edvards Priscila Kashoeyrani 1-raunda nokaut evaziga taslim etdi (1-raund, 2:24).

Urosh Medich Gilbert Urbinni 1-raundda nokautga uchratdi (1-raund, 1:03).

Gabriella Fernandes Yuliya Stolyarenkodan ochkolar hisobi bo'yicha mag'lubiyatga uchratdi (29-28, 29-28, 30-27).

Erik Makkoniko Kodi Brandeyjdan ustun keldi (29-28, 27-30, 29-28).


Navbatdagi UFC turniri bir haftadan so'ng o'tkaziladi. Raqamlangan 319 turnirining asosiy jangi o'rta vazn toifasida — amaldagi chempioni Drikus dyu Plessi hamda davogar Xamzat CHimaev o'rtasida bo'lib o'tadi. Ushbu turnir doirasida hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev  ham oktagonga chiqadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing