10 avg 09:00
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC on ESPN 72 turnirining bonus sohiblari malum
Las-Vegas shahridagi "Apex Arena"da o'tgan UFC on ESPN 72 turnirida mukofot pullariga ega chiqqan jangchilar elon qilindi.
Kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha 50 000 AQSH dollari miqdoridagi bonuslar to'rt nafar jangchiga taqdim etildi. Oqshomning asosiy jangida gruziyalik Roman Dolidzeni to'rtinchi raundda sambishen, yani ortdan bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratgan amerikalik Entoni Ernandes bonuslarning biriga ega chiqdi.
SHuningdek, yorqin jang uchun 50 000 dollarlik mukofot pulini Kristian Leroy Dankan, Elayj Smit va Joselin Edvards ham qo'lga kiritdi. Ularning uchchalasi ham raqiblarini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratishdi. Bu turnirda "eng yaxshi jang" aniqlanmadi. Aniqrog'i, 12 ta jangning hech biri bu maqomga loyiq ko'rilmadi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar