So’nggi yangiliklar

07:59Кремлёв дзюдочиларнинг Олимпиадага бормаслиги ҳақида: "Умид қиламанки, кураш ҳам улардан намуна олади" 0 07:38Аргентина терма жамоасининг Олимпиада-2024 учун таркиби маълум 0 07:17Евро-2024. Испания 1/8 финалда Грузия эртагига якун ясади 0 20:07Табило мавсумдаги иккинчи совринини қўлга киритди 0 19:46Шара Буллет UFC видеоўйинида пайдо бўлади (+ФОТО) 0 19:25Райан Гарсия дисквалификация бўйича яна судлашмоқчи 0 19:03Энрикега Шкриньяр керакмас. ПСЖ ҳимоячиси учун "Фенербахче", "Галатасарой" ва "Бешиктош" даъвогарлик қилмоқда 0 18:41Киберспорт. Ўзбекистон терма жамоаси DOTA 2 бўйича Осиё Кубоги йўлланмасини қўлга киритди 0 18:20Диана Шнайдер Бад-Хомбургни забт этди 0 17:59Хавфсизлик кучлари Хабиб Нурмагомедовни қидиргани маълум бўлди 0 17:38"Реал" футболчиси жамоага қайтди ва унга дарҳол эшикни кўрсатишди 0 17:17IBA Серпуховда 5000 ўринли махсус арена қуради 0 16:54Девин Хэйни "таътилга чиқди", WBC Пуэлло-Мартин жангини эълон қилди 0 16:31Заурбек Сидаков фаолиятини якунлаши мумкинлиги, UFC'га ўтиш ва фуқаролигини ўзгартириш ҳақида гапирди 0 16:10ЦСКА устози Аббосбек Файзуллаевнинг Олимпиадада иштирок этиши борасидаги фикрини айтди 0

04 sen 03:22
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC Paris: Gan - Tuivasa jangi muddatidan oldin yakunlandi (barcha natijalar bir sahifada)

Teglar :  UFC Paris
Franciya poytaxtida ilk bor UFC kechasi bo'lib o'tdi.

Bugun Parijda UFC'ning navbatdagi Fight Night turniri bo'lib o'tdi. Markaziy jang Siril Gan va Tay Tuivasa o'rtasida bo'ldi.

Mazkur sahifa orqali UFC Paris turniri tafsilotlaridan xabardor bo'lishingiz mumkin:


SAHIFANI YANGILASH



12. Markaziy jang. Gan - Tuivasa. Va nihoyat markaziiy jangga ham etib keldik, qadrdonlar. Siril Gan va Tay "Bam-Bam" Tuivasa. O'ta qiziqarli to'qnashuv. Jangchilar oktagonga chiqib kelishmoqda. Gan 32 yoshda va uning statistikasi: 10-1. So'nggi jangida Ngannuga mag'lub bo'lgan. Tuivasa esa nisbatan yoshroq - aniqrog'i 29 da. Statistikasi: 14-4. So'nggi bor Derrik Lyuis bilan jang qilib, g'alaba qozongan. Demak, birinchi raund. Ikkala jangchi ham bir-birini o'rganish bilan band. Tavakkal qilish xavfli. Rus hamkasblarimizning aytganlaridek, ilk raund to'lig'icha "razvedka" uchun ketdi.Ikkinchi raund. VAAAAAA TAY TUIVASAA sal qoldiya Siril Ganni nokautga uchratib qo'ya qolishiga. Endi navbaat GANGAA Siril ham zarbalar seriyasini amalga oshirdi. VAUUV. SHu tariqa raund yakunlandi. Uchinchi raund. Gandagi kichik bo'y ustunligi o'z so'zini aytayotgandek. Yana zarbalar seriyasiga kirishib ketishdi jangchilar. Tuivasa qiyin ahvolda. Siril Gan jangda yaqqol ustun! VAAAAA SIRIIIIIIL GAAAAAAN uchinchi raundda Tay Tuivasani nokautga uchratmoqdaaaaaa! Dahshat! Voqealar rivoji shunga qarab ketayotgandek edi. Vaauv Siril Gan hali ancha bosh og'riq bo'lishini ko'rsatib qo'ydi, Ngannuga. Tuivasa esa hali top jangchi emasligini o'zi isbotlab qo'ydi.


-----------------------------------------------------------


11. co main event. Uittaker - Vettori. Uzoq kutilgan janglar boshlanmoqda. Avstraliyalik Robert Uittaker italiyalik Marvin Vettoriga qarshi. Uittakerning statistikasi: 23-6. So'nggi jangida Izzi Adesanyaga engilgan. Vettorining statistikasi: 17-5-1. So'nggi bor Paulo Kosta bilan jang qilib, g'alaba qozongan. Demak, jangchilar oktagonga chiqib kelishmoqda. Birinchi raund. Jang deyarli teng kurashlar ostida kechmoqda. Taxminimizcha, jang ohirigacha davom etadi. Ikkinchi raund. Ilk raund kutilganidanda zerikarliroq bo'ldi. Uitttakerdan kuchli low kick zarbasi. Yana teng kurashlar ostida kechgan zerikarli raund. "Eng zerikarli jang uchun" bonusi beriladi shekilli!? Uittakerdan ikkilik zarbasi. Bunga javoban Vettori parterga o'tmoqchi bo'ldi. Uittaker teykdaun amalga oshirdi, ammo muvaffaqiyatsiz. Bo'ldi, va nihoyat jang yakunlandi. G'olib - uch raund hisobiga ko'ra ROBEEEERT UITTTAKEEER. Taxminimiz o'zini oqladi:)


-----------------------------------------------------------


10. Imavov - Bakli. Ushbu jangda asli rus bo'lgan Nassurdin Imavov va AQSH vakili Xoakin Bakli to'qnashuvini ko'ramiz. Ular oktagonga chiqib kelishmoqda. Baklining kayfiyati alo! Imavovning statistikasi: 11-3. Baklining statistikasi: 15-4. Imavov Franciya nomidan jang qiladi. Birinchi raund. Bakli yaxshi zarba yo'lladi. Ammo ustunlik nisbatan Nasuriddinda. Ikkala jangchi ham oktagonni tom manoda "yondirib" bizni markaziy jangga ruhan tayyorlayotgandek, go'yo. Imavov raund so'ngida raqibini parterga o'tkazdi. Yaxshiyam raund tugab qoldi, Baklining baxtiga. Bo'lmasam, mag'lubiyat tayin edi. Ikkinchi raund. Imavov jarohat olgan bo'lishi mumkin, ammo referi unga jangni davom ettirishi uchun ruxsat berdi. Nasuriddin endi jangda yaqqol ustunlik qilmoqda. Imavovda parterda juda zo'r imkoniyat bo'lgan edi, afsus. Uchinchi raund. Bakli raund avvalida ikkilik zarbasini yo'lladi. U aniq bordi. Imavov yana parterga harakat qilyapti. Va bo'ldi. Jang yakunlandi. G'olib - uch raund hisobiga ko'ra NASSURDIIIIIN IMAVOOOOV. O'ta muhim g'alabani qo'lga kiritdi asli ru francuz jangchisi.


-----------------------------------------------------------


9. Di CHiriko - Kopilov. O'rta vaznli italyan - rus to'qnashuvi ishtirokchilari oktagonga chiqib kelishmoqda. Italiyalik Alessio Di CHirikoning statistikasi: 13-6. Rossiyalik Roman Kopilovning statistikasi: 8-2. Takidlash joiz, Di CHirikoni hamyurtimiz Mahmud Muradov mag'lubiyatga uchratgan. Birinchi raund. Arenada italyan muxlislar ham etarlicha ekan, albatta tabiiy holat. Kichik ustunlik rossiyalik jangchida. Kopilov raqibiga ketma-ket zarbalar yo'llashdan charchamayapti. Vaaa Roman Kopilov ajoyib tizza zarbasini amalga oshirdi. Ammo Di CHirikoni bong qutqarib qoldi. Ikkinchi raund. Raund avvalida Di CHirikodan kutilmaganda zarbalar seriyasi. Ikkala jangchi ham asosan "stoyka"da jang qilyapti. Italiyalik jangchi ham birinchi raunddagidan tubdan farq qiluvchi jang ko'rsatayotgandek. Uchinchi raund. So'nggi raund. VAAAAAAAAAAA ROMAAAAAN KOPILOOOOOOV, ZARBALAR SERIYASI VA NOKAUUUUUUUT! VAUUV, DAHSHAT!


-----------------------------------------------------------


8. Gomis - Errens. Jangchilar oktagonga chiqib kelishmoqda. Qizig'i, ushbu jang ikki debyutantlar o'rtasida bo'lib o'tadi. Franciyalik Uilyam Gomisning statistikasi: 10-2. Niderlandiya vakili Yarno Errensda esa bu ko'rsatkich quyidagicha: 13-3. Birinchi raund. Ilk raundda jangchilar bir-birlarini o'rganib, vaqtni ketkazishdi. Ko'ramiz, ikkinchi raundda nima bo'larkin. Errensda yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Ammo hech qancha vaqt o'tmasdan Gomis raqibini parterga o'tkazdi. Yaxshi vaziyat francuzda. Haa, Gomis parterda ancha tajribaliroq ekan niderlandiyalik raqibiga nisbatan. Uchinchi raund. Bu raund ham parterda o'tmoqda, Gomisning ustunligida. Va bo'ldi, jang yakuniga etdi. G'olib - uch raund hisobiga ko'ra Uilyam Gomis. Bu Gomis uchun debyut jangdagi debyut g'alaba bo'ldi!


-----------------------------------------------------------


7. Jorden - Vud. Demak, va nihoyat jangchilar oktagonga chiqib kelishmoqda. Birinchi raund. Kanadalik CHarlz Jordanning statistikasi 13-5-1, angliyalik Nataniel Vudda esa bu ko'rsatkich quyidagicha: 18-5. Vud oktagon markazini o'ziniki qilib oldi. Unda bo'y ustunligi ham mavjud. Ikki jangchi ham ilk raunddayoq ochiq kurashga kirishishdi, qoyil. Jang huddi Ispaniyadagi to'qnashuv singari qizg'in davom etmoqda:) Ikkinchi raund. Takidlash kerak, jang asosan "stoyka"da bormoqda. Ikkinchi raund ham o'z yakuniga etdi va bu raund avvalgisiga qaraganda nisbatan sokinroq o'tdi. Uchinchi raund. Bu raundda ikkala jangchida ham etarlicha imkoniyat yuzaga keldi, ammo foydasiz. Demak, jang g'olibi - uch raund hisobiga ko'ra NATANIEL VUD.


-----------------------------------------------------------


Asosiy kard janglari start olmoqda... Biroz tanaffus oqshomda.


-----------------------------------------------------------


6. Magomedov - Stolcfus. Navbatdagi jang germaniyalik Abusofyon Magomedov hamda AQSH vakili Dastin SHtolcfus o'rtasida bo'lib o'tadi. Jangchilar oktagonga chiqib kelishmoqda. Magomedovga aslida hamyurtimiz Mahmud Muradov raqiblik qilishi kerak edi. Ammo unday bo'lmadi. Maykl Baffer ham avjida, har doimgidek. Birinchi raund. VAAAAAA ABUSOFYON MAGOMEDOOOOOOV raundning ilk soniyolaridayoq raqibini nokautga uchratib qo'ya qoldi. Dahshat. Muradovga qiyin bo'lishi aniq edi. Front kick'dan boshlangan hujum nokaut bilan yakunlandi...


-----------------------------------------------------------


Accor Arena muxlislar bilan to'lib toshgan.



-----------------------------------------------------------


5. Makdessi - Haqparast. Jangchilar oktagonga chiqib kelishmoqda. Takidlash joizki, kanadalik Makdessi 37 yoshda va u raqibidan naq 10 yosh katta. Birinchi raund. Jon Makdessi oktagon markazini o'ziniki qilishga urinmoqda. Uning statistikasi 18-7. Muxlislar ikkala jangchidan ham norozi bo'lishyapti va bu jangchilarga tasir qildi shekilli, ochiq jang guvohiga aylanyapmiz. Haqparast so'nggi ikki jangida Den Xuker va Bobbi Gringa mag'lub bo'lganini takidlash joiz. Birinchi raund teng kurashlar ostida kechdi. Ikkinchi raund. Haqparastdan zarbalar seriyasi.... O'o'o'o'o'x, bo'y bo'yicha yaqqol ustunlik Makdessida bo'lishiga qaramasdan, jangdagi uchtunlikni Haqparast yaqqol o'z tomoniga og'dirdi. Va uch raund davom etgan jang o'z yakuniga etdi. Jang g'olibi - ochkolar evaziga ko'ra germaniyalik Haqparast. Ikkita ketma-ket mag'lubiyatdan so'ng g'alabaga erishmoqda ushbu jangchi.


-----------------------------------------------------------


4. Ziam - Figlak, 1-raund. Ushbu raundda nisbatan mezbonlar vakili ustunlik qildi. Ammo raund so'ngida Figlakda ham imkoniyat yuzaga kelgan edi. Zimaning statistikasi 16-4. Figlakda esa bu quyidagicha: 18-2. Ikkinchi raund. Bu raundda ham yaqqol bo'lmasa-da, Fares Ziamning ustunligi sezilmoqda. Vaaa Fares raund so'ngida zarbalar seriyasini amalga oshirmoqda. Yo'q, raund yakuniga etdi. Uchinchi raund. Taxminimizcha, Ziam katta ehtimol bilan bu jangda g'alaba qozonadi. Har holda voqealar rivoji shunga qarab ketmoqda. Endi esa polshalik jangchida yaxshi imkon yuzaga keldi, ammo Ziam yana Figlakni parterga o'tkazdi. Va bo'ldi. Jang yakunlandi. G'olib - uch raund hisobiga ko'ra franciyalik Fares Ziam. Ha, u bunga loyiq edi.


Navbat mezbonlar vakili Fares Ziam hamda polshalik Mixal Figlak jangiga.


Oqshomda prelim kard janglari start oldi va bir necha janglar o'z yakuniga etib bo'ldi. Jumladan, Stefani Eggar Aylin Peresni ikkinchi raudda sabmishen orqali mag'lub etdi. Kristian Kuionones Halid Tahani texnik nokautga uchratdi. 


Assalomu alaykum qadrli MMA muxlislari bugun sizlar bilan birgalikda aralash yakkakurashlar olamidagi eng nufuzli promoushen - UFC'ning Franciyadagi ilk turniri guvohiga aylanamiz.


- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -


Kechaning to'liq kardi:


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing