02 okt 11:40
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti Konorga Pore bilan engil vaznda jang taklif qildi
UFC rahbari Dena Uayt ikki vaznda sobiq promoushen chempioni Konor Makgregorga taklif bilan chiqdi.
Uayt irlandiyalikni amerikalik Dastin Pore bilan engil vaznda jang qilishga chaqirdi.
"Biz Dastin va Konorga engil vaznda jang taklif qilganmiz. Hamon ularning ikkovidan taklifimizga javob kutyapmiz", — deya Uaytning so'zlarini keltirmoqda ESPN.
Avvalroq Konor Makgregor 12 dekabr kuni Irlandiya poytaxti Dublin shahrida Dastin Porega qarshi oktagonga chiqishini malum qilgan edi. Xatto ushbu jang posterini ham ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgandi. Lekin posterning hech bir joyida UFC so'zi yo'q.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar