01 okt 19:02
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti Nurmagomedov bilan loyihaning buzilishida Makgregorni aybladi
UFC prezidenti Dana Uayt nima uchun Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor o'rtasidagi realiti-shou o'tkazilmay qolgani haqida gapirdi.
"Xabib tayyor edi, ammo Konor barchasini bopladi. Men deyarli ularning roziligini olgandim. Biz The Ultimate Fighter on ESPN loyihasini boshlab, revansh tashkil etmoqchi edik. Ammo Konor barchasini barbod qildi" - dedi Uayt.
Uayt ushbu holatda Makgregorning o'zi bilan yozishmalarini chiqarib yuborganini nazarda tutmoqda. U o'shanda Diego Sanches bilan jang, keyin esa Nurmagomedov bilan revansh talab qilgan edi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar