01 noy 11:53
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti: Petr Yan haqiqiy chempion!
UFC prezidenti Dana Uayt Petr Yan va Kori Sendxagen o'rtasidagi jangga munosabat bildirdi.
"Bu ikkisi bugun haqiqiy urushni boshlashdi. Petr Yan shunchaki yirtqich! Bu yigitning harakatlari aqlga sig'maydi. Buni shunchaki to'xtatib bo'lmaydi. U faqat oldinga yurdi va siz hamma narsani o'z ko'zingiz bilan ko'rdingiz. Uning Sterlingga qarshi oldingi jangida vaziyat qanday kechganini hisobga olsak, adolat qaror topdi, deyishimiz mumkin".
Uayt, shuningdek, Aljameyn Sterling Yan bilan to'qnashuvdan qochib qutula olmasligini aytdi.
"Yan haqiqiy chempion va u buni Aljameyn bilan ham amalga oshiradi", - dedi Dana UFC 267 turniridan keyingi matbuot anjumanida.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar