24 jan 13:27
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti: Xabib menga shunday dedi: "Dana, mening darajam bu yigitlarnikidan ancha baland"
UFC prezidenti Dana Uayt bugungi janglardan so'ng engil vaznda yuzaga kelgan holat, Xabib Nurmagomedovga tegishli chempionlik kamarining keyingi taqdiri haqida gapirdi.
Avvalroq, Xabib bugungi janglarni tomosha qilishi va shunga qarab o'z fikrini bildirishini aytgan edi.
"Xabib menga shunday dedi: "Dana, o'zing ham tan ol, mening darajam bu yigitlarnikidan ancha baland. Men ularning har ikkisini ham mag'lub etganman. Bilmadim, Konor bugungi mag'lubiyatidan keyin nima der ekan? Ko'ramiz.
Men Xabibni bitta jang uchun qaytarishga urinib ko'rdim. Lekin bugungi gaplaridan keyin uning qaytishiga umid qilmasa ham bo'ladi. Tez orada bu masalani hal qilamiz", - dedi Uayt.
Katta ehtimol bilan Xabibga tegishli bo'lib turgan chempionlik kamari uchun bugun g'alaba qozongan Dastin Pore va Maykl CHendler o'zaro jangda oktagonga ko'tariladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar