18 jan 15:53
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti: Xabibga Sen-Per bilan jang qiziq emas
UFC prezidenti Dana Uayt yana bir bor Xabib Nurmagomedov bilan uchrashuv tafsilotlariga to'xtaldi.
Uayt va Xabib o'rtasidagi uchrashuv hamda muzokara 16 yanvar kuni Abu-Dabida bo'lib o'tgandi. Dananing aytishicha, Nurmagomedov qaytgan taqdirda ham ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jorj Sen-Per bilan jang o'tkazmaydi.
"Sen-Per bilan jang haqidagi mavzu umuman ko'tarilmadi, hatto eslanmadi ham. Xabibga bu jang qiziq emas. Buni Jorjning o'zi ham yaxshi biladi. SHunday ekan, Sen-Per mavzusini yopinglar", — dedi Uayt.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar