05 sen 09:41
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti Xamzat CHimaevning raqibini elon qildi
UFC prezidenti Dena Uayt kelajagi porloq hisoblanayotgan Xamzat CHimaevning navbatdagi raqibi kim bo'lishini oshkor etdi.
Asli chechenistonlik, hozirda SHveciya sharafini himoya qilayotgan CHimaev tajribali jangchi, chempionlik kamariga sobiq davogar Demen Mayyaga qarshi oktagonga ko'tariladi.
"CHimaevga viza berildi va u tez orada AQSHga etib keladi. U bu erda bitta jang o'tkazadi. Keyin esa "Janglar oroli"ga yo'l oladi va Abu-Dabida ham oktagonga ko'tariladi. Buni Xamzatning o'zi istayapti. SHaxsan menga bunday yondashuv yoqadi", — dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, Xamzat CHimaev iyul oyida UFCda debyut qilgan va ikki hafta ichida ikkita jangda ishtirok etgan holda rekord o'rnatgan edi.
Havola :
Fikrlar