24 okt 11:25
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti Xamzat CHimaevning raqibini elon qildi
UFC prezidenti Dena Uayt yil kashfiyotiga aylangan shveciyalik Xamzat CHimaevning navbatdagi raqibini malum qildi.
Asli kelib chiqishi chechenistonlik bo'lgan CHimaev Leon Edvardsga qarshi oktagonga ko'tariladi. Xamzat va Leon o'zaro jang bo'yicha kelishib ham olishdi. Tez kunda jang sanasi elon qilinadi. Jang manzili katta ehtimol bilan Las-Vegas bo'ladi.
"Bizda kelishuv bor: Xamzat CHimaev — Leon Edvards. Ular o'zaro jang qilishadi. Bu ajoyib oqshom bo'ladi. Xamzat Tvitter sahifasida "vyzov" tashlashni bas qilsa ham bo'ladi. Endi unda raqib bor", — deya Uaytning so'zlarini keltirmoqda MMA Fighting.
Avvalroq Xamzat CHimaevning 19 dekabr kungi UFC oqshomining markaziy jangida oktgonga chiqishi aytilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar