17 may 14:01
Yangiliklar

UFC Qozog'istonda turnir o'tkazadi
Uning aytishicha, UFC promousheni rahbarlari bilan bu borada muzokaralar boshlangan.
— Qozog'iston hududida UFC turnirini o'tkazish bo'yicha muzokara boshlandi. Promoushen rahbarlari bu taklifimizga roziliklarini berishdi. Boku yoki Abu-Dabidagi turnirda biz UFC prezidenti Dana Uayt bilan ko'rishib, yakuniy muzokara o'tkazamiz. Hammasi ijobiy yakunlansa, shu yilning oxiri yoki 2026 yilning boshida Qozog'iston Markaziy Osiyodagi ilk UFC turniriga mezbonlik qiladi. Oldindan shuni aytishim kerak, bu katta promoushen va tabiiyki, turnirni yuqori saviyada o'tkazish uchun katta mablag' kerak bo'ladi", — dedi Kaskarauov QR News nashriga bergan intervyusida.
Malumot uchun, 21 iyun kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida UFC Fight Night 260 turniri bo'lib o'tadi. Ushbu oqshomning asosiy jangi yarimo'rta vazn toifasida tashkil etiladi va unda amerikalik aralash yakkakurash ustalari Jamal Xill va Xalil Rauntri o'zaro oktagonda to'qnash keladi.
Fikrlar