20 avg 17:39
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC rahbari Jonsning og'ir vaznga o'tishi haqida gapirdi
UFC rahbari Dana Uayt tashkilotning sobiq chempioni Jon Jons haqida fikr bildirdi.
“Jons kamardan voz kechdi va og'ir vaznga o'tdi. Uning ishtirokida og'ir vaznda bir nechta ajoyib janglarni ko'rsak kerak, lekin hozircha u kimga qarshi bahs olib borishini bilmayman. SHunisi aniq, u Miochichning navbatdagi raqibi bo'lmaydi, chunki Ngannu chempionlik kamariga jang qilish uchun undan ancha haqli. Jons UFC tarixidagi eng buyuk jangchi. Agar u tez orada qaytib jang qilish istagini bildirsa, unga tezda raqib topib beraman”,-dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, Jon Jons yarim o'rta vaznda uzoq vaqt hukmronlik qilganidan so'ng faoliyatini og'ir vaznda davom ettirishga qaror qildi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar