14 sen 12:14
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC rahbari mag'lub bo'lgan jangchiga ikki baravar gonorar to'ladi. Nega?
UFC rahbari Dena Uayt kecha bo'lib o'tgan Ed Xerman va Mayk Rodriges o'rtasidagi jang haqida fikr bildirdi.
“Bu men ko'rgan eng yomon hakamlik bo'ldi. Rodriges jangda g'olib bo'lgan edi, lekin hakam unday leb hisoblamadi. Unda bemalol takroriy vaziyatni ko'rib olishga imkon bor edi, ammo buni ham qilmadi. Lekin shuni unutmaslik kerak-ki, hakam ham inson, barcha adashadi. Biz Rodrigesga gonorarini ikki baravar qilib beramiz, chunki u g'olib”, - dedi Dena.
Malumot uchun, kecha bo'lib o'tgan bahsda Rodriges raqibini parter holatiga tushirdi va zarbalar yo'lladi, biroq hakam Mayk raqibini belidan pastga zarba yo'lladi deb Edga o'ziga kelib olishi uchun besh daqiqa berdi. SHundan so'ng Ed raqibidan uchinchi raundda g'alabani ilib ketdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar