22 avg 18:38
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC rahbari Zabit - Yair jangini tashkil etmoqchi. Bu to'rtinchi urinish!
UFC rahbari Dena Uayt uch marta bekor bo'lgan Zabit Magomedsharipov - Yair Rodriges jangini tashkil etish niyatidan qaytmaganini malum qildi.
“Biz hali ham bu jangni tashkil etish borasida o'ylayapmiz. Yair tuzalishini kutyapman va shundan so'ng barchasini hal qilaman. Biz ertaga nima bo'lishini bilmaymiz, lekin mukammal dunyoda barcha besh raundlik superjangni ko'rish istagi bor”, - dedi Dena.
Eslatib o'tamiz, Zabit - Yair jangi 29 avgust kuni bo'lib o'tishi lozim edi, ammo Rodrigesning jarohati sababli jang bekor bo'ldi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar