02 fev 11:55
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC rahbariyati Aleksandr Gustafssonga jang belgiladi
Yarimog'ir vaznda UFC chempionlik kamari uchun davogar Aleksandr Gustafsson oktagonga qaytmoqda.
SHveciyalik aralash yakkakurash ustasi 21 may kuni amerikalik Ben Rotvellga qarshi oktagonga ko'tariladi. 35 yoshli Gustafsson deyarli ikki yillik tanaffusdan so'ng jang o'tkazadi. U 2020 yilning iyul oyida Fabrisio Verdumga birinchi raundning o'zida imkoniyatni boy bergan edi.
Verdumgacha ham u Jon Jons va Entoni Smitga muddatidan oldin yutqazib qo'ygandi. 40 yoshli Ben Rotvell ham Gustaffson singari oxirgi jangida yutqazgan. U o'tgan yilning noyabrida Markos Rojerio de Limaga jangning 32-soniyasidayoq nokaut bilan mag'lub bo'lgandi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar