02 iyu 18:31
Yangiliklar
UFC SHanxay turnirining asosiy jangi aytildi
Ushbu oqshomning asosiy jangi o'ta engil vazn toifasida o'tkazilib, unda rossiyalik Umar Nurmagomedov xitoylik Song Yadongga qarshi oktagonga chiqadi. Bu haqda Nurmagomedovning jamoasi hisoblangan Gorilla Fighting xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning yanvar oyida Umar Nurmagomedov Merab Dvalishvilining chempionlik kamarini tortib olishga urinib ko'rgan, ammo mag'lubiyatga uchragan edi. SHundan so'ng u Mario Bautista va Deyveson Figeredoni hakamlar qaroriga ko'ra taslim etgan va hozirda ikki g'alabali seriya bilan kelmoqda.
Song Yadong esa joriy yilda ikkita jang o'tkazdi. Avvaliga SHon O`Melliga hakamlarning yakdil qarori bilan yutqazdi, keyin esa ikkinchi raundda Figeredoni gilotina usulida bo'g'ib qo'ydi.
Ayni paytda Nurmagomedov va Song tashkilotning eng engil divizioni meta-reytingida mos ravishda ikkinchi va oltinchi o'rinlarni, matbuotning UFC reytingida esa uchinchi hamda beshinchi o'rinlarni egallab turibdi.

Fikrlar