30 jan 08:09
Yangiliklar
UFC sobiq chempioni CHimaev Aleks Pereyrani osonlik bilan mag'lub etishiga ishonmoqda
UFC sobiq chempioni Ti Jey Dillashouning fikricha, agar tashkilotning o'rta vazn toifasidagi chempioni Xamzat CHimaev yarim og'ir vazn chempioni Aleks Pereyra bilan to'qnash kelsa, kurashdagi ustunlik evaziga oson g'alabaga erishishi mumkin.
"Xamzat Aleks Pereyrani osonlikcha ortda qoldiradi, - dedi Dillashou JaxxonPodcast kanali efirida. - Ha, oson o'tib ketadi. Gap uslubda. Pereyra uning teykdaunlaridan himoyalana olmaydi".
Eslatib o'tamiz, CHimaev bir necha bor Pereyraga davo bilan chiqqan, ammo braziliyalik bunga javoban har doim bu jang unga qiziq emasligini aytgan. Bir marta ikki jangchi tomonidan olingan barcha pullar xayriya ishlariga sarflanishi sharti bilan kurash o'tkazish bo'yicha taklif bilan chiqilgan.

Fikrlar