03 noy 15:02
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/140718_220.jpg)
UFC sobiq chempioni Uaytga javob qaytardi
O'rta vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi Robert Uittaker tashkilot rahbari Dana Uaytning gaplariga javob qaytardi.
“Dana men aytgan gaplarni boshqacha talqin qildi. Men Izziga qarshi jang qilmayman demadim. Unga qarshi kelasi yilning mart yoki aprel oyida jang qilaman dedim. Israelga qarshi jang qilishni istayman. Agar u bitta tepa vaznga ko'tarilib Yan Blaxovichga qarshi jang qilsa, men ham ko'tarilaman. U bilan qaysi vaznda jang qilishimni ahamiyati yo'q”,-dedi Robert.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Dana Uayt Uittakerni Israel Adesanyaga qarshi jang qilishni istamagani malum qilgandi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar