12 avg 11:23
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC turnirlarini translyaciya qilish huquqi 7,7 milliard dollarga sotildi
Paramount kompaniyasi UFC turnirlarini translyaciya qilish huquqini sotib oldi.
Malumotlarga ko'ra, shartnoma etti yilga mo'ljallangan bo'lib, bitim qiymati 7,7 milliard dollarga baholangan. Endi Paramount+ striming xizmatiga standart obunasi bo'lganlar promoushenning barcha turnirlarini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. PPV (pullik efir) translyaciyalari endi bo'lmaydi.
"Bu tarixiy bitim — UFC muxlislari va bizning sportchilarimiz uchun ajoyib yangilik. Amerika tarixida ilk bor tomoshabinlar UFC’ning barcha kontentiga PPV modeliga ehtiyojsiz kirish imkoniyatiga ega bo'ladi, bu esa eng yaxshi janglarni yirik platformada ko'rishni ancha qulay va foydali qiladi", — dedi UFC prezidenti Dana Uayt.
Havola :
Manba : Paramount
Fikrlar