29 may 14:46
Yangiliklar

UFC Ulanbekovning navbatdagi jangini rasman tasdiqladi
Jang 19 iyundan 20 iyunga o'tar kechasi bo'lib o'tadi. Bu haqda UFC Russia Instagram rasmiy sahifasida xabar berildi.
29 yoshli Ulanbekov UFC'dagi debyutini 2020 yil oktyabrda o'tkazgan. Abu-Dabi (BAA) shahrida tashkil etilgan turnirda u braziliyalik Bruno Silvani hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgandi.
Umuman olganda, rossiyalik sportchi MMAda 14 ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 13 tasida g'alaba qozongan, bir bor mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. 37 yoshli Nemga kelsak, u MMA'da 33 ta jangda 20 g'alaba, 12 mag'lubiyat va bitta durang qayd etgan.
Malumot uchun, hamyurtimiz Zarruh Adashev UFC promoushenidagi debyut jangida aynan Tayson Nemga qarshi oktagonga ko'tarilgan va UFC on ESPN 10 turniri doirasidagi jangning birinchi raundidayoq nokaut evaziga mag'lubiyatga uchragan edi.
Fikrlar