14 okt 15:46
Yangiliklar
UFC USADA bilan sudlashishi mumkin. Liganing keyingi hamkori ham tayin
Gap shundaki, USADA Makgregor doping nazoratiga kirgan kundan boshlab olti oydan keyin oktagonga qaytishi mumkinligini takidlagan. UFC esa irlandiyalik jangchining dekabr oyida Maykl CHendlerga qarshi jang qilishini bu holatdan istisno qilmoqchi edi. SHundan so'ng, turli manfaatlar tufayli tashkilotlar hamkorlikni to'xtatishga qaror qilishdi.
ESPN US nashri xabariga ko'ra, USADA allaqachon UFC tomonidan sudga davo qilinishi to'g'risida xabardor qilingan. Liga USADA'ni Konor Makgregor bilan bog'liq holatda tuxmat uyushtirgan deb hisoblamoqda.
UFC esa bundan buyon antidoping masalalari bo'yicha DFSI (Drug Free Sport International) bilan hamkorlik qiladigan bo'ldi. DFSI antidoping tashkiloti AQSHda NFL, NBA kabi yirik musobaqa tashkilotchilari bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Fikrlar