27 iyu 08:46
Yangiliklar

UFC Vegas 30 anderkard jangida nokaut qayd etildi + FOTO
Oqshomning anderkard jangi ham xuddi markaziy to'qnashuv singari og'ir vazn toifasida o'tkazildi. Unda kanadalik 29 yoshli Tanner Boser amerikalik 38 yoshli Ovins Sen-Pryoga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jang ikkinchi raundning uchinchi daqiqasida to'xtatildi. Tanner Boser raqibini nokautga uchratdi.
SHu tariqa, Boser ketma-ket uchta mag'lubiyatdan keyingi g'alabasiga erishdi. U o'tgan yilning iyul oyida UFC on ESPN 14 turnirida Rafael Pessoaga imkoniyatni boy bergandi. SHundan keyin Tanner Andrey Orlovskiy va Iliru Latifiga ham yutqazgandi. Boser hisobida 4 g'alaba va 3 mag'lubiyat bor. Uning MMAdagi rekordi — 20-8-1.
Sen-Pryo esa qatorasiga ikkinchi jangida ham nokaut bilan mag'lubiyatga uchradi. Tajribali yakkakurash ustasi UFC promoushenida jami 23 ta jangta ishtirok etgan. Hisobida 11 mag'lubiyat bor. MMAdagi rekordi — 26 — 16.
Fikrlar