27 iyu 08:04
Yangiliklar

UFC Vegas 30. Markaziy jang to'liq davom etdi + FOTO
UFC Vegas 30 oqshomining markaziy jangi og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda rossiyalik 32 yoshli Aleksandr Volkov franciyalik 31 yoshli Siril Ganga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jang to'liq besh raund davom etdi va g'olib nomi hakamlar bergan baho, yani qarorga ko'ra aniqlandi. Hakamlar bir ovozdan Siril Ganning g'alabasini taminlashdi — 50-45, 50-45, 49-46.
SHu tariqa, Volkov o'zining UFC`dagi 10-jangida uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Aleksandr MMAdagi faoliyati davomida 33 g'alaba va 9 mag'lubiyat qayd etgan.
Gan esa bugun faoliyatidagi 10-g'alabasini tantana qildi. Bu uning UFC promoushenidagi oltinchi g'alabasi. Siril mag'lubiyatsiz seriyani davom ettirmoqda. Volkovga qadar u Jairzino Rozenstrayk, Junior Dos Santos va Tanner Boserdan ustun kelgandi.
Fikrlar