27 iyu 09:40
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Vegas 30 turnirining bonus sohiblari malum
UFC matbuot xizmati tomonidan bugun AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkazilgan UFC Vegas 30 (UFC Fight Night 190) turniri qahramonlari elon qilindi.
Timur Valiev, Raoni Barselos, Marchin Prachnio va Kennedi Nzechakvu bonus sohiblari sifatida avvaldan kafolatlangan gonorarga qo'shimcha tarzida 50 000 $ mukofot puliga ega bo'lishdi.
Timur Valiev va Raoni Barselos oqshomning eng yaxshi jangi ishtirokchisi sifatida bonusga loyiq ko'rilishdi. Marchin Prachnio hamda Kennedi Nzechakvu esa yorqin ishtirok uchun taqdirlanishdi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar