18 iyu 09:24
Yangiliklar

UFC Vegas 31. Amanda 35 soniyada raqibasini nokautga uchratdi
UFC Vegas 31 oqshomi doirasidagi qiziqarli janglarning birida braziliyalik 34 yoshli Amanda Lemos meksikalik 28 yashar Montserrat Ruisga qarshi oktagonga ko'tarildi. Engil vaznda o'tgan jang 35-soniyadayoq to'xtatildi. Amanda qo'lda yo'llangan aniq zarba evaziga raqibasini nokautga uchratdi.
Bu Amanda Lemos uchun UFC promoushenidagi beshinchi jang bo'ldi. O'zining debyutida mag'lubiyatga uchragan braziliyalik sportchi ketma-ket to'rtinchi jangida g'alaba qozondi. Montserrat Ruis uchun esa bu ikkinchi jang edi. Endi uning hisobida bittadan g'alaba va mag'lubiyat bor.
Birozdan so'ng oqshomning markaziy jangida engil vazn toifasining kelajagi sifatida qaralayotgan rossiyalik Islam Maxachev braziliyalik Tiago Moyzesga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Fikrlar