06 fev 08:46
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Vegas 47. Markaziy jang to'liq davom etdi
Biroz avval AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o'tkazilgan navbatdagi UFC turniri yakuniga etdi.
UFC Vegas 47 turnirining markaziy jangi o'rta vazn toifasida amerikalik SHon Striklend hamda shveciyalik Jek Xermansson o'rtasida bo'lib o'tdi. Jang to'liq davom etdi va yakunda 30 yoshli Striklend hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi.
Bu amerikalikning faoliyatidagi 25-g'alabasi (UFC`dagi o'n birinchi) bo'ldi. Hisobida 3 ta (hammasi UFC`da) mag'lubiyat bor. 33 yoshli Xermansson bugun ettinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. G'alabalari soni 22 taligicha (to'qqiztasi UFC`da) qoldi.
Malumot uchun, Xermanson bugungi jangga qadar reytingda oltinchi, SHon Striklend esa 7-o'rinni egallab turgandi.
Havola :
Manba : mmajunkie
Fikrlar