16 okt 07:56
Yangiliklar

UFC Vegas 62 turnirining barcha jang natijalari bitta sahifada + FOTOGALEREYA
mUFC Vegas 62 oqshomining markaziy jangi ayollar engil vazn toifasida Aleksa Grasso hamda Viven Araudjo o'rtasida o'tkazildi. Jang to'liq besh raund davom etdi va yakunda Grasso hakamlarning yakdil qarori (50-45, 49-46, 49-46) bilan g'alaba qozondi.
Kechanng Co-main event jangida Jonatan Martinez raqibi Kab Svonsonni ikkinchi raund yakunlanishiga 41 soniya qolgan bir paytda texnik nokautga uchratdi. Dushko Todorovich ishtirokidagi jang ham ikkinchi raundda to'xtatildi. Todorovich raqibi Jordan Raytni texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratdi.
UFC Vegas 62 turnirining barcha natijalari:
Asosiy kard natijalari
Aleksa Grasso — Vivian Araudjo. Grasso 50-45, 49-46, 49-46 hisobida g'olib chiqdi
Jonatan Martinez — Kab Svonson. Jonatan 2-raundning 4-daqiqasi 19-soniyasida raqibini texnik nokautga uchratdi
Dushko Todorovich — Jordan Rayt. Dushko 2-raundning 3-daqiqasi 12-soniyasida raqibini texnik nokautga uchratdi
Rafael Assunsao — Viktor Genri. Assunsao 30-37, 30-37, 30-27 hisobida g'alaba qozondi
Misha Cirkunov — Alonzo Menifild. Alonzo 1-raundning 1-daqiqasi 28-soniyasida nokautga uchatdi
Prelim kard natijalari
Brendon Devis — Mana Martines. Mana 28-29, 29-28, 29-28 hisobida g'alaba qozondi
Jeykob Malkun — Nik Maksimov. Malkun raqibidan 30-27, 30-27, 30-27 hisobida ustun keldi
Lukas Aleksander — Yoanderson Brito. Brito raqibini 1-raundning 2-daqiqasi 2-soniyasida sambishen evaziga engdi
Sem Xyuz — Pera Rodriges. Pera 29-28, 29-28, 29-28 hisobida g'alaba qozondi
Tacuro Tayra — Si Jey Vergara. Tayra raqibini 2-raundning 4-daqiqasi 19-soniyasida sambishen (armbar) evaziga mag'lub etdi
Mayk Jekson — Pit Rodriges. Pit 1-raundning 1-daqiqasi 33-soniyasida raqibini nokautga uchratdi
Fikrlar