16 okt 08:38
Yangiliklar

UFC Vegas 62 turnirining bonuslari kimlarga nasib etdi?
Turnirning eng yaxshi jangi sifatida Dushko Todorovich (12-3 MMA, 3-3 UFC) va Jordan Rayt (12-4 MMA, 2-4 UFC) o'rtasidagi to'qnashuv tan olindi. Asosiy karddan o'rin olgan ushbu jangda Todorovich raqibini ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratdi.
Etiborga molik jihati shundaki, jangning birinchi raundida Rayt Dushkoni har tomonlama mag'lub etdi. Hisobning 60-4 ko'rinishida bo'lgani ham fikrimizga isbot bo'la oladi. Ikkinchi raundda vaziyat tamomila o'zgarib ketdi. Todorovich mauntda Raytni yo'q qilib tashladi. Hisob 105-5 ko'rinishida Dushko foydasiga bo'ldi, referi bu vaziyatda jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.
SHuningdek, chiroyli jang va g'alaba uchun Jonatan Martines va Tatsuro Tayra ham kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha 50 000 dollarlik bonusga ega bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, kechaning markaziy jangi ayollar engil vazn toifasida Aleksa Grasso hamda Viven Araudjo o'rtasida o'tkazilib, unda Grasso hakamlarning yakdil qarori (50-45, 49-46, 49-46) bilan g'alaba qozongandi.
Fikrlar