16 okt 07:14
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Vegas 62 turnirining markaziy jangi to'liq davom etdi + FOTO
AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tdi.
UFC Vegas 62 oqshomining markaziy jangi ayollar engil vazn toifasida Aleksa Grasso hamda Viven Araudjo o'rtasida o'tkazildi. Jang to'liq besh raund davom etdi va yakunda Grasso hakamlarning yakdil qarori (50-45, 49-46, 49-46) bilan g'alaba qozondi.
SHu tariqa, Grasso faoliyatidagi 15-g'alabasini tantana qildi. Uning hisobida uchta mag'lubiyat ham bor. Araudjo esa 4-mag'lubiyatini qabul qilib oldi. G'alabalari soni 11 taligicha qoldi.
Havola :
Manba : mmajunkie
Fikrlar