30 avg 11:04
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Vegas 8. Markaziy jang g'olibini hakamlar aniqlab berdi FOTOGALEREYA
AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida ushbu haftaga belgilangan UFC turniri bo'lib o'tdi.
Bundan bir necha daqiqa avval oqshoming markaziy jangi yakunlandi. Yarim og'ir vazn toifasida kechgan ushbu jangda Entoni Smit hamda Aleksandar Rakich o'zaro oktagonda to'qnash kelishdi. Bir kun avval ikkala jangchi ham bir xil – 92,9 kg tosh bosishgandi.
Markaziy jang to'liq uch raund davom etdi va g'olib nomini hakamlar aniqlab berishdi. Uchchala hakam ham bir ovozdan 30-26, 30-27, 30-27 hisoblarida Rakichning g'alabasini taminlashdi.
Havola :
Fikrlar