25 okt 01:06
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. Volkov nokaut evaziga g'alaba qozondi
Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da UFC 254 turniri davom etmoqda.
Turnir doirasida rossiyalik Aleksandr Volkov Uolt Xarrisga qarshi jang qildi.
Ikkinchi raundda Volkov kuchli zarba bilan raqibini muvozanatdan chiqardi va zarbalar seriyasini uyushtirdi. O'sha zaxotiyoq hakam jangni to'xtatdi.
SHu tariqa Volkov jangni nokaut evaziga o'z foydasiga hal qildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar